Platformadan foydalanish qo'llanmasi
Ovozli video qo'llanmalar: platformaning har bir bo'limi batafsil tushuntirilgan. Ro'yxatdan kerakli bo'limni tanlang.
Talabalar uchun
Qisqacha qadamlar (matn)
- O'qituvchingiz bergan login va parol bilan kiring, keyin "Parol" tugmasi orqali o'z parolingizni qo'ying.
- Bosh sahifada "Bajarish kerak" ro'yxati va qancha vaqt qolgani ko'rinadi. Vazifani bosing va "Boshlash" ni tanlang.
- Test vazifalarida javoblarni belgilab "Topshirish" ni bosing — natija darhol chiqadi. Writing'da javobni o'zingiz yozasiz, Speaking'da ovozingizni yozib olasiz.
- "Darslar" bo'limida dars materiali va videolari bor — vazifadan oldin ko'rib chiqing.
- "Lug'at" va "Mustaqil ta'lim" bo'limlarida qo'shimcha mashq qiling, har kuni takrorlanadigan so'zlarni o'tkazib yubormang.
- Bosh sahifadan ilovani telefoningizga o'rnating va eslatmalarni yoqing — muddat yaqinlashganda xabar keladi.
- Har kuni faol bo'lib 🔥 seriyangizni o'stiring, nishonlar to'plang va haftaning eng faol talabasi bo'ling.
O'qituvchilar uchun
Qisqacha qadamlar (matn)
- "Guruhlar" → "+ Guruh qo'shish": nom, kurs, dars kunlarini kiriting va "Mavjud barcha darslarni biriktirish" ni belgilang.
- Talabalar ro'yxatini Excel'dan nusxalab qo'ying — har biriga login va parol yaratiladi. Jadvalni chop etib tarqating.
- Dars kuni "Davomat" bo'limida talabalarni belgilang — shu darsning vazifalari talabalarga avtomatik ochiladi.
- "Tekshirish" bo'limida Writing va Speaking ishlarini ko'ring: AI taklif qilgan bahoni tasdiqlang yoki o'zgartiring, izoh qoldiring.
- Guruh kartochkasida bajarilish foizi, o'rtacha ball va "xavf ostidagi" talabalar ko'rinadi — ular bilan alohida ishlang.
- Semestr oxirida "Vedomost · barcha guruhlar" tugmasi bilan Excel vedomostni yuklab oling.
- "Sozlamalar" da kechikish jarimasi, kamera nazorati, reyting va Telegram botni sozlang.